Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil rostdan Eron oliy rahbari Ali Homanaiyni o‘ldiradimi? Netanyaxu javob berdi

Isroil rostdan Eron oliy rahbari Ali Homanaiyni o‘ldiradimi? Netanyaxu javob berdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ABC News telekanaliga bergan intervyusida Eron oliy rahbari Ayatullo Ali Xomanaiyga suiqasd ehtimolini inkor etmadi.

Undan suiqasd mojaroni yanada kuchaytirmaydimi, deb so‘rashganda, Netanyaxu aksincha, bunday hujum urushga barham beradi, deya javob berdi.

«Eron abadiy urushni istaydi va bizlarni yadroviy urush yoqasiga olib kelmoqda. Aslida esa, Isroil buni to‘xtatmoqda. Biz agressiyani tugatayapmiz va buni faqat “yomonlik kuchlari”ga qarshi turish bilan amalga oshirish mumkin», — dedi u.

Undan Isroil rostdan ham Xomanaiyga hujum qilmoqchimikan, deb so‘ralganda, u shunday javob berdi:
«Isroil kerakli bo‘lgan ishni qilmoqda».

Shuningdek, u Isroil Eronning yetakchi yadroviy olimlarini nishonga olganini aytdi va ularni «Gitlerning yadroviy jamoasi» deb atadi.

Netanyaxuning aytishicha, AQSh ham Eronning yadroviy dasturini yo‘q qilish yo‘lida Isroilni qo‘llab-quvvatlashi kerak, chunki bu faqat Isroilning emas, Amerika manfaatlari uchun ham xizmat qiladi.

«Biz faqat o‘z dushmanimizga qarshi kurashayotganimiz yo‘q. Biz sizning dushmaningizga ham qarshi kurashyapmiz. Ular: “Isroilga o‘lim, Amerikaga o‘lim”, deb baqirishyapti. Biz faqat ularning yo‘lida to‘siq bo‘lib turibmiz», — dedi Netanyaxu.

Kiritildi: 23:46 16.06.2025. O'qildi: 1481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!