Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil qochqinlar lagerlarini yo‘q qilmoqda

Isroil qochqinlar lagerlarini yo‘q qilmoqda

Jenin lageri matbuot qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil armiyasi bosqinlar boshlanganidan buyon 600 dan ortiq uylarni butunlay buzib tashlagan. Qolgan binolar esa og‘ir zarar ko‘rgan va yashashga yaroqsiz holga kelgan.

Jenin shahridagi harbiy operasiyalar 159 kundan beri davom etmoqda. Ko‘plab uylar yoqib yuborilgan, ayrimlari harbiy bazalarga aylantirilgan. Isroil kuchlari turar-joy mahallalarida katta miqyosdagi kazish va vayron qilish ishlarini olib bormoqda.

Bosqinlar boshlanganidan buyon Jeninda 42 nafar falastinlik halok bo‘lgan. O‘nlab odamlar jarohatlangan. 22 mingga yaqin kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Tulkarm matbuot qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Tulkarm va Nur-Shams lagerlarida Isroil armiyasi 400 dan ortiq uylarni butunlay buzgan. Yana 2573 bino zarar ko‘rgan. Isroil qo‘shimcha ravishda 106 binoni, jumladan 250 dan ortiq yashash uylari buzilishini rejalashtirmoqda.

Tulkarmdagi harbiy amaliyot 152 kundan beri, Nur-Shamsda esa 140 kundan beri davom etmoqda. Bu vaqt ichida 13 kishi halok bo‘lgan, ular orasida bir bola va homilador ayol ham bor. Ko‘plab aholi jarohat olgan, ayrimlari hibsga olingan.

Vayronagarchiliklar oqibatida 5 mingdan ortiq oila, ya’ni 25 mingdan ko‘p odam lagerlardan chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Isroil kirish va chiqish yo‘llarini to‘sib qo‘yib, og‘ir gumanitar vaziyatni yuzaga keltirmoqda.

G‘azo sektoridagi harbiy harakatlar davom etayotgan bir paytda, Isroil G‘arbiy Sohilda, ayniqsa Quddus va uning atrofida hujumlarini kuchaytirmoqda.

Falastin rasmiylarining ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrdan beri G‘azo sektorida 56 412 kishi halok bo‘lgan, ularning aksariyati ayollar va bolalar. Yana 133 054 kishi jarohat olgan.

G‘arbiy Sohilda esa shu paytgacha kamida 1000 kishi halok bo‘lgan, 7000 kishi yaralangan, 17 500 dan ortiq odam hibsga olingan.

Kiritildi: 10:12 29.06.2025. O'qildi: 409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!