Isroil rasmiylari bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Al-Xalil shahridagi Al-Haram Al-Ibrohimiy masjidiga musulmonlarning kirishini taqiqladi. Masjidga borishni taqiqlash ikki kun davom etadi.
Al-Haram Al-Ibrohimiy masjidi rahbari G‘assan al-Rejebiy Anado‘lu bilan suhbatda “Isroil bosqinchilari yahudiylarning Sukkot bayrami munosabati bilan masjidni ikki kunga ziyoratchilar uchun yopdi", dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, taqiq joriy qilinganidan keyin masjidning barcha bo‘limlari yahudiy ko‘chmanchilar uchun ochiq bo‘lgan. “Bir qator diniy marosimlar baland tovushlar bilan birga bo‘lgan. Isroil turli bayramlar bahonasida Al-Haram Al-Ibrohimiy masjidini yiliga 10 kun musulmonlar uchun yopadi”, — dedi Rejebi.
29-sentyabrda boshlangan yahudiylarning Sukkot bayrami bir hafta davom etadi.