Isroil mudofaa vaziri HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning Tehronda o‘ldirilishi ortida Isroil rasmiylari turganini birinchi marta tan oldi.
Kas Yamanda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan, Isroilga raketa va dronlar bilan hujum qilayotgan husiylarga qarshi kurash haqida gapirish davomida bu haqda gapirib o‘tdi.
"Biz Eron, G‘azo va Livanda Ismoil Haniya, Yahyo Sinvar va Hasan Nasrulloh bilan qilganimizdek, Hodeyda va Sanoda ham buni amalga oshiramiz", — deya ta’kidladi Isroil Mudofaa vazirligi rahbari.