Isroil Mudofaa vaziri G‘azo sektoridagi harbiy harakatlar kengaytirilgani haqida ma’lum qildi.
Israel Kas bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
G‘azo sektoridagi hujumlarning kengayishi HAMAS va G‘azo xalqiga bosimni oshirishini ta’kidlagan Kas bu hududlar Isroilning “xavfsizlik zonasi”ga kiritilishini aytdi.
Isroilning Kan telekanali SAXAL qo‘shinlari 2 aprel kuni ertalab G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga quruqlikdan hujum uyushtirganini e’lon qildi.