Isroil armiyasi mamlakatdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha siyosiy muzokaralar doirasida «Hizbulloh» pozisiyalarini yo‘q qilishga va tashkilotga bosimni kuchaytirishga qaratilgan Livanga bostirib kirishining ikkinchi bosqichini boshladi, deb yozadi Isroilning «Maariv» gazetasi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil armiyasining 36-diviziyasi Livan janubidagi yangi hududlar va qishloqlarning ikkinchi qatori tomon yura boshlagan.
Isroil kuchlarining hujumlari nafaqat Livanning janubiy hududlarini, balki mamlakat poytaxti Bayrut va Bekaa vodiysini ham qamrab olgan.
1-oktabrga o‘tar kechasi Isroil Livan janubiga quruqlikdan hujum boshladi. Isroil hujumlarida minglab tinch aholi halok bo‘ldi va bir milliondan ortiq livanlik o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.