Isroil harbiylari Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan guruhning mamlakat janubidagi infratuzilmasiga hujum uyushtirganini ma’lum qildi va “Hizbulloh”ni qayta to‘planishga urinishda aybladi, deb xabar beradi Euronews.
Bu Hizbulloh bilan o‘tgan yilgi urushni to‘xtatgan sulhdan keyin mintaqadagi eng kuchli portlashlardan biri.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida aytilishicha, payshanba kuni Isroilning Livan janubidagi Nabatiya tumanini nishonga olgan yangi bombardimonida kamida bir kishi halok bo‘ldi va sakkiz kishi yaralandi.