Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroil Iordan daryosida joylashgan qochqinlar lageridagi 20 ta uyni portlatdi

Isroil Iordan daryosida joylashgan qochqinlar lageridagi 20 ta uyni portlatdi

SAXAL o‘z harakatini bino terrorchilar tomonidan foydalanilgani bilan izohladi. Isroilning Iordan daryosi sohilidagi operasiyasi 21 yanvar kuni boshlandi, deb xabar beradi Euronews.

1948 yilda Isroil davlati tashkil etilganda u yerda yashovchi minglab falastinliklar uylarini tashlab ketishdi. Ularning bir qismi Jenindagi qochqinlar lageriga joylashdi va shu kungacha shu yerda yashab kelmoqda.

G‘azo sektoridagi otashkesimdan so‘ng Isroil armiyasi G‘arbiy sohilda operasiya boshladi. Ular o‘z harakatlarini Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan XAMAS va “Islomiy jihod” kabi jangari guruhlarni kuzatayotganliklari bilan izohladilar. Operasiya ikki haftadan beri davom etmoqda.

Shanba kuni Isroil havo hujumi oqibatida besh falastinlik halok bo‘ldi, deya xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Shu tariqa, yangi operasiya qurbonlari soni 23 kishiga yetdi.

Kiritildi: 13:35 03.02.2025. O'qildi: 1251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!