Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Isroil «Hizbulloh» rahbarini o‘ldirish uchun zarbalar berdi

Isroil «Hizbulloh» rahbarini o‘ldirish uchun zarbalar berdi

Isroil mudofaa kuchlari Livan poytaxti Bayrutdagi «Hizbulloh» harakatining markaziy harbiy qarorgohiga hujum qildi.

Isroil harbiy-havo kuchlariga ko‘ra, harakat bosh qarorgohi Livan poytaxti markazidagi turar-joy binolari ostida qurilgan. U yerda «Hizbulloh»ning yuqori martabali a’zolari bo‘lishi mumkin, deya xabar beradi Isroil matbuoti.

Avvalroq, Isroilning Livanga bergan zarbalari natijasida bir sutkada 90 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 150 dan ortiq kishi jarohatlangan edi. Qurolli kuchlar 220 ga yaqin nishonga zarba berdi.

Isroil va «Hizbulloh» o‘rtasidagi qarama-qarshilik Livanda aloqa vositalarining ketma-ket portlashlaridan keyin avj oldi. Yahudiy davlatining harbiy-havo kuchlari mamlakat janubiga, shuningdek, Bayrutga havodan hujum qila boshladi. Hatto bir kunning o‘zida 600 nafarga yaqin tinch aholi halok bo‘ldi. Ularning ichida ko‘plab ayollar va bolalar bor edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil «Hizbulloh» rahbari Hasan Nasrullani o‘ldirish uchun zarba bergan. Ammo Eronning Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, Nasrulla tirik va xavfsiz joyda bo‘lib turibdi.

Kiritildi: Bugun 07:51. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!