Isroil Mudofaa Kuchlari Eron Hasan al-Ammam diviziyasining artilleriya qo‘mondoni Kamal Malhamning o‘ldirilganini e’lon qildi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot kotibi e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba Hasan al-Ammam diviziyasining o‘t ochishni nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan bosh shtab-kvartirasiga qaratilgan. Natijada artilleriya boshlig‘i Kamal Malham, diviziya qo‘mondoni yordamchisi Yahyo Hassan va boshqa bir qancha yuqori martabali harbiy zobitlar halok bo‘lgan.
Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Hasan al-Ammam diviziyasi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bilan bog‘liq bo‘lib, "qarshilik o‘qi"ni kuchaytiradi va Isroil kuchlari va tinch aholisiga hujumlarni boshqaradi.