Bugun 13 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroil harbiylarining nomlari xalqaro sudga yuborildi

Isroil harbiylarining nomlari xalqaro sudga yuborildi

Isroilning Haaretz gazetasi xabar berishicha, Bryusseldagi inson huquqlari tashkiloti G‘azo, Livan va Suriyada amalga oshirilgan harbiy operasiyalarda "raqamli izlar" qoldirgan isroillik askarlar haqidagi ma’lumotlarni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudga taqdim etdi. Bu ma’lumotlarni topshirgan Hind Rajab tashkiloti o‘tgan yili tashkil etilgan bo‘lib, u Isroil harbiylarining jazosiz qolishiga qarshi kurashni maqsad qilgan.

Tashkilotning nomi 2024 yil boshida Isroil armiyasi o‘qqa tutgan mashinada halok bo‘lgan besh yoshli qizcha Hind Rajabning xotirasiga bag‘ishlangan. Hind Rajab tashkiloti jinoiy dalil sifatida isroillik askarlarning internetda chop etgan videolari va suratlaridan foydalanmoqda. Bu tasvirlar harbiy jinoyatlar bo‘yicha ishonchli dalillar sifatida ko‘rilmoqda.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, askarlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z xatti-harakatlari haqida ma’lumot berib, Isroil armiyasi qoidalarini buzishgan. Endi ularga qarshi xalqaro qonunlar asosida choralar ko‘rish mumkin.

Hind Rajab tashkiloti keyingi bosqichda askarlarning shaxsiy ma’lumotlarini ochiq qilish va ularni chet elda hibsga olish harakatlarini qo‘llamoqchi. Xususan, Yevropa va Osiyodagi dam olish joylarida qo‘lga olish maqsad qilinmoqda.

Kiritildi: 20:24 12.01.2025. O'qildi: 525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!