Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Isroil harbiylari Fordo va Isfahon yaqinidagi hududlarga zarbalar berdi — OAV

 Isroil harbiylari Fordo va Isfahon yaqinidagi hududlarga zarbalar berdi — OAV

"SAXAL tomonidan Eronning Qum shahriga berilgan zarba oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi", deya xabar bermoqda Ynet portali.

The Jerusalem Post nashrining yozishicha, halok bo‘lganlardan kamida bittasi Eronning yadroviy dasturi ob’ektlarida ishlagan bo‘lishi mumkin. Qum viloyatida Eronning eng yirik va eng yaxshi himoyalangan yadroviy inshootlaridan biri Fordo joylashgan.

Shuningdek, Isfahonda ham portlashlar yuz bergan, bu yerda yadro tadqiqot markazi joylashgan.

21 iyun, shanba tongida Isroil mudofaa armiyasi Eron hududiga navbatdagi havo hujumlari boshlanganini e’lon qildi. Qayd etilishicha, bu hujumlar Isroilning markaziy qismi raketa bilan o‘qqa tutilganiga javob tarzida amalga oshirilgan.

Kiritildi: 10:13 21.06.2025. O'qildi: 583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!