G‘arbiy Sohildagi Isroil harbiylari terrorchilik faoliyatida gumon qilib, yetti nafar falastinlikni qo‘lga oldi.
Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati xabar berdi.
“Tungi amaliyotlar davomida xavfsizlik kuchlari Yahudiya va Samariyada qidiruvda bo‘lgan yetti nafar shaxsni qo‘lga oldi”, — deya ta’kidlaydi RIA Novosti.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar yaqin orada terrorchilik harakatini amalga oshirishni rejalashtirgan.