Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil G‘azoda aloqa infratuzilmasini maqsadli ravishda yo‘q qilmoqda

Isroil G‘azoda aloqa infratuzilmasini maqsadli ravishda yo‘q qilmoqda

G‘azo — Isroilning to‘xtovsiz havo va raketa hujumlari faqat tinch aholi emas, balki aloqa va internet infratuzilmasiga qarshi ham yo‘naltirilmoqda. Bu haqda G‘azo sektoridagi hukumatning rasmiy Mediaofisi bayonot berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, so‘nggi 20 oy ichida bu Isroil tomonidan aloqani to‘liq uzib qo‘yish bo‘yicha o‘ninchi holatdir. Unga ko‘ra, butun eksklav hududida internet va mobil aloqa uzilgan.

“Bu texnik nosozlik emas, balki maqsadli va rejalashtirilgan siyosat. Odamlarning dunyo bilan bog‘lanish imkoni yo‘q qilinmoqda”, — deyiladi bayonotda.

Hujjatda ta’kidlanishicha, bunday harakatlar G‘azo aholisini axborot muhosarasiga olishga qaratilgan bo‘lib, jahon hamjamiyati bunga munosabat bildirishi lozimligi qayd etilgan.

Kiritildi: 18:44 16.06.2025. O'qildi: 574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!