Isroil armiyasi G‘azo sektoriga o‘zining barcha oddiy piyoda va tank brigadalarini kiritdi, deya xabar beradi Euronews.
Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) G‘azo sektoriga o‘zining barcha piyoda va zirhli brigadalarini joylashtirdi. Isroil shu tariqa G‘azodagi ommaviy hujumlarini kuchaytirmoqda.
Avvalroq Isroil rasmiylari XAMAS mahbuslar masalasida kelishuvga erishib, qurolsizlantirilguniga qadar SAXAL hujumlarini davom ettirishini bildirgan edi.
G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroil havo hujumlarida halok bo‘lgan 79 kishining jasadi shifoxonalarga yetkazilganini ma’lum qildi. Bu raqam shimoldagi zarar ko‘rgan hududlardagi kasalxonalarni o‘z ichiga olmaydi, chunki ular Isroil kuchlari tomonidan o‘ralgan va borish yoki kirish mumkin emas.