Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 293 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Nuseyrat va Bureyj lagerlariga, Shayx Radvan hududiga hujum qildi. Kun davomida 54 kishi halok bo‘ldi, ularning yarmi bolalar.
▪️Qalandiya, Baytlahm va Xalilga ishg‘ol hujumi G‘arbiy Sohilda ikkinchi kundan beri davom etmoqda. 25 dan ortiq falastinlik hibsga olingan.
▪️Al-Qassam brigadalari Rafah shahrida bosqinchilar otryadi bilan minalangan uyni portlatib yubordi, 2 ta Merkava tankini yo‘q qildi.
▪️Oxirgi 48 soat ichida bosqinchilar Xon-Yunisda 129 kishini o‘ldirdi.
▪️Bosqinchilar Xon Yunisdagi Saloh ad-Din ko‘chasida harakatlanuvchi hamma narsaga qarata o‘q uzdi. Yaradorlarni qutqarishga urinayotgan shifokorlarga kvadrokopterlar hujum qilmoqda.
▪️Hizbulloh: Biz Livan havo hududida isroillik jangchilarni zenit-raketalar yordamida o‘qqa tutdik, bosqinchilar chekinishga majbur bo‘ldi.
▪️AQSh Kongressi Vakillar Palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosi: Netanyaxuning nutqi xorijlik shaxsning Kongressdagi eng yomon nutqi.
▪️Kongressning 128 a’zosi Netanyaxu nutqini boykot qildi.