Isroil AQSh bu qarorni ma’qullasa, G‘azo sektori aholisini urushdan vayron bo‘lgan hududdan ko‘chirishga tayyor.
Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Israel Kas Ynet portali tashkil etgan konferensiyada ma’lum qildi.
«Oxir-oqibat, G‘azo uchun aholining bu migrasiyasisiz haqiqiy yechim yo‘q», — dedi u.
AQSh prezidenti Donald Tramp 2025 yilda G‘azo sektorining qariyb 2 million aholisini Misr va Iordaniyaga ko‘chirishni taklif qilgan edi. Biroq keyinchalik AQSh va Yaqin Sharqdagi keskin noroziliklar ortidan bu g‘oyadan chekingan.
Kasning so‘zlariga ko‘ra, Tramp «o‘z g‘oyasidan voz kechmagan, balki arab davlatlari bosimi ostida uni faqat muzlatib qo‘ygan».
«Biroq reja bekor qilinmagan, u hozir ham doimiy muhokamalar mavzusi bo‘lib qolmoqda. Qachonki HAMAS AQShning G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasidagi majburiyatlarini bajarmayotgani aniq bo‘lsa, shunda biz harbiy, hududiy va boshqa yo‘nalishlarda harakat qilish uchun yashil chiroq olamiz», — dedi Isroil mudofaa vaziri.