Bugun 20 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Isroil fuqarolari endi BAAga vizasiz kira oladi

Isroil fuqarolari endi BAAga vizasiz kira oladi

Endilikda Isroil fuqarolarining Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ga kirishi uchun viza talab qilinmaydi. Bu haqda BAA Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Anadolu”. 

Vazirlik viza tartibini bekor qilish haqidagi bitimning tasdiqlangan variantini Isroilga yuborgan. Bitim o‘ttiz kun ichida kuchga kiradi. Shunday qilib, BAA Isroil fuqarolari uchun viza talabini bekor qilgan ilk arab davlati bo‘ldi. 

BAA va Isroil o‘tgan yilning 20 oktyabrida o‘zaro vizalarni bekor qilish haqida kelishib olgan edi. Isroil 22 noyabrda bitimni tasdiqladi va shu tariqa BAA fuqarolari uchun viza bekor qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, BAA va Isroil rasmiylari 2020 yilning 15 sentyabrida AQSh poytaxti Vashingtonda aloqalarni normallashtirish bo‘yicha kelishuvni imzolagan edi.

Kiritildi: 16:27 14.01.2021. O'qildi: 1704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!