Isroil armiyasi Tehron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar zaiflashgani va Suriyada Bashar al-Assad rejimi qulaganidan so‘ng Eron yadro inshootlariga zarba berish imkoniyatini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Isroil OAVlari.
Nashrning yozishicha, Isroil harbiy-havo kuchlari jangovar tayyorgarligini oshirishda va Eron yadroviy infratuzilmasiga ehtimoliy hujumlarga tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda.
❕ Harbiy ekspertlarning fikricha, Eronning yakkalanib qolishi Tehronni yo‘qotilgan to‘xtatuvchi kuchini qoplash uchun yadroviy dasturini yanada rivojlantirishga undashi mumkin.