Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Isroil Eronga qarshi yangi urush boshlashga intilmoqda

Isroil Eronga qarshi yangi urush boshlashga intilmoqda

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Trampni Eronga qarshi harbiy hujumlarni qayta boshlashga ko‘ndirishga urinmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Tasnim News ma’lumotiga ko‘ra, Netanyaxu bunday harakatlarni Isroildagi siyosiy mavqei zaiflashayotgan va uning hokimiyatdan ketishi ehtimoli kuchayayotgan bir paytda amalga oshirmoqda.

Nashrning yozishicha, Netanyaxuga yaqin shaxslardan biri bo‘lgan Isroil razvedka xizmati — Mossad rahbari Roman Xofman o‘tgan hafta Vashingtonga tashrifi davomida AQSh ma’muriyatining bir qator vakillari, jumladan, Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) direktori Jon Retkliff bilan uchrashgan.

Uchrashuvdan xabardor manbalarga ko‘ra, Xofman muzokaralar chog‘ida Amerika rasmiylarini Eronga qarshi bir necha kun davom etadigan yangi havo hujumlari kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

Nashr ta’kidlashicha, Netanyaxining siyosiy raqiblari uning xavfsizlik vaziyatini o‘zgartirish, yangi hukumat tuzilishiga to‘sqinlik qilish va o‘z mavqeini saqlab qolish uchun Eronga qarshi yana hujum uyushtirishi mumkinligidan xavotirda. Shuningdek, ular Tehronning javob zarbasi Isroilda yangi siyosiy vaziyatni yuzaga keltirishi mumkinligini istisno etmayapti.

Biroq Isroil bosh vazirining rejalariga mintaqadagi arab davlatlarining xavotirlari to‘siq bo‘lmoqda. Ular Eronga takroriy hujumlar jiddiy oqibatlarga olib kelishi, jumladan, mintaqadagi infratuzilmaga zarar yetkazishi mumkinligidan tashvish bildirmoqda.

The Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, arab davlatlari Vashingtonni harbiy harakatlarni qayta boshlash o‘rniga diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirishga va Tehron bilan kelishuvga erishishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 18:05 20.11.2026. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik