Isroil polisiyasi va xavfsizlik kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
"Bosh vazir Binyamin Netanyahu shaxsiy qarorgohiga otilgan ikkita snaryad uning uy hovlisiga kelib tushdi. Hech qanday zarar yetkazilmagan. Netanyaxu va uning oilasi bu vaqtda uyda bo‘lmagan", deyiladi bosh vazir idorasi bayonotida.
Hozirda gumonlsnuvchi sifatida 3 kishi hibsga olingan. Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, ular avvalroq hukumatga qarshi namoyishlarda qatnashgan. Hozirda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.