Yamandan Isroil tomon otilgan raketa yahudiy davlati havo hududiga kirmasdan oldin tutib olindi.
Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Sirenalar chalinganidan so‘ng Yamandan uchirilgan raketa Isroil hududiga kirgunga qadar to‘xtatib qolindi. Raketalar uchirilgani haqida signal beruvchi sirenalar tutib olish vaqtida parchalar tushishi ehtimoli tufayli ishga tushirildi", — deyiladi xabarda.