Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektori janubidagi Rafah shahri Tel Sulton hududi aholisini shimoldan evakuasiya qilishga chaqirdi.
Bu haqda Isroil armiyasi rasmiy vakili Avichay Edri ma’lum qilgan.
"Hozirda Rafahning Tel Sulton hududidagi g‘azoliklarga shoshilinch ogohlantirish: Isroil armiyasi bu hududda aksilterror operasiyasini boshladi, uni zudlik bilan tark eting va El-Mavasi hududiga yo‘l oling", deb yozadi u "X" ijtimoiy tarmog‘ida.
Unga ko‘ra, evakuasiya faqat maxsus ajratilgan marshrutlar bo‘ylab amalga oshiriladi, avtomobilda harakatlanish taqiqlanadi.
Keyinroq IA matbuot kotibi G‘azo sektori shimolidagi Bayt Xanun hududida quruqlikdagi operasiya boshlangani haqida xabar berdi. Operasiyadan maqsad, aytilganidek, "XAMAS ob’ektlari va xavfsizlik zonasini kengaytirish" edi.
Armiyaning aniqlik kiritishicha, operasiya davomida Isroil qiruvchi samolyotlari Falastinning XAMAS harakatining bir nechta nishonlariga zarba bergan.
Eslatib o‘tamiz, G‘azo sektorida quruqlikdagi operasiya 19 mart kuni yirik havo hujumlaridan so‘ng qayta boshlangan edi. Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu idorasi Xamas vositachilar takliflarini qabul qilishdan bosh tortgani uchun janglar davom etganini aytdi. Isroil tomonining ta’kidlashicha, operasiyadan maqsad garovga olinganlarni ozod qilish bo‘lib qolmoqda.