Isroil armiyasi Livan janubidagi Nabatiya provinsiyasidagi Ayta ash-Shaab shahriga artilleriyadan zarba berdi, deya xabar beradi Anadolu agentligi.
Bu haqda Livan OAVlari xabar berdi.
Halok bo‘lganlar, jarohatlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Isroil va Livan o‘rtasida 2024 yil 27 noyabrda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganiga qaramay, Isroil harbiylari Livan janubiga har kuni quruqlikdan va havodan hujumlar uyushtirishda davom etmoqda.
Isroil tomoni sulhni 3000 ga yaqin buzgan, natijada kamida 213 kishi halok bo‘lgan va 508 kishi jarohat olgan.
Isroil Bayrut bilan tinchlik kelishuvi doirasida Livan hududidan to‘liq chiqib ketish majburiyatini olganiga qaramay, o‘z qo‘shinlarini Livan janubidagi beshta strategik nuqtada qoldirdi.