Isroil mudofaa kuchlari Livan janubidagi "Hizbulloh"ning Radvan elita kuchlariga tegishli infratuzilma va qurol omborlariga bir qator havo hujumlarini yakunladi.
Bu haqda The Times of Israel xabar bermoqda.
"Hizbulloh" tashkiloti Livan janubidagi terrorchilik infratuzilmasini tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda va Radvan kuchlarining Isroil davlatiga zarar yetkazish imkoniyatlarini qayta tiklashga qaratilgan", — dedi Isroil armiyasi.
Isroil armiyasi shuningdek, zarbalar natijasida tinch aholiga yetkaziladigan zararni minimallashtirish choralarini ko‘rganini, jumladan, evakuasiya qilish buyrug‘i, aniq boshqariladigan o‘q-dorilardan foydalanish, havodan kuzatuv va boshqa razvedka ma’lumotlarini ko‘rganini ta’kidladi.
Harbiylarga ko‘ra, qurol-yarog‘ omborlari "tinch aholi punktida joylashgan bo‘lib, "Hizbulloh"ning Livan tinch aholisidan tirik qalqon sifatida foydalanishiga yana bir misol bo‘la oladi".