Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroil armiyasi G‘azoda quruqlik hujumlarini kengaytirmoqda, falastinliklarni shaharni tark etishga chaqirmoqda

Isroil armiyasi G‘azoda quruqlik hujumlarini kengaytirmoqda, falastinliklarni shaharni tark etishga chaqirmoqda

Isroil armiyasi G‘aza shahrida quruqlikdagi hujumlar kengaytirilganini e’lon qilib, aholini “zudlik bilan shaharni tark etishga” chaqirdi. Bu haqda armiya matbuot kotibi Avichay Adrai Amerikaning X ijtimoiy tarmog‘ida bayonot berdi.

Armiya vakiliga ko‘ra, Falastin janubidagi Xon Yunusning al-Mavasi hududi “gumanitar hudud” deb belgilangan va g‘azoliklar Rashid ko‘chasi orqali shaharni “tekshirishsiz” tark etishlari mumkin. Uning aytishicha, bu hudud dala kasalxonasi, dori-darmon, oziq-ovqat va suv kabi asosiy ehtiyojlar bilan ta’minlangan.

Adraining ta’kidlashicha, insonparvarlik yordami BMT va xalqaro tashkilotlar hamkorligida al-Mavasiga yetkaziladi. Biroq Isroil armiyasi bu hududni avval ham bir necha bor “gumanitar hudud” deb e’lon qilganiga qaramay, u yerga kelgan falastinliklar va ko‘chirilganlarning chodirlariga tizimli hujumlar uyushtirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘aza sektoriga hujumlarida kamida 64,3 ming falastinlik halok bo‘lgan, 162 mingdan ortiq kishi yaralangan.

Kiritildi: 18:04 06.09.2025. O'qildi: 762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!