Isroil qo‘shinlari G‘azo sektori janubi va markazida o‘tkazgan reyd va amaliyotlar chog‘ida bir necha qurolli radikallarni yo‘q qildi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Askarlar G‘azo sektorining janubiy va markaziy qismlarida operativ harakatlarni davom ettirmoqda”, — deyiladi xabarda. Falastin anklavining janubidagi Rafah shahri hududida harbiylar "bir qancha terrorchilarni yo‘q qildi", "terrorchilar nishonlariga maqsadli reydlar o‘tkazdi", shuningdek, "katta miqdordagi qurol-yarog‘ni topdi", deyiladi matbuot xizmatining bayonotida.
Bundan tashqari, “kun davomida qo‘shinlar sektorning markaziy qismida harbiy xizmatchilarga xavf tug‘dirgan bir necha terrorchilarni yo‘q qildi”, deya qo‘shimcha qildi departament.