Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroil armiyasi G‘azo shahriga hujum boshladi — The Jerusalem Post

Isroil armiyasi G‘azo shahriga hujum boshladi — The Jerusalem Post

Nashr bu haqda Isroil mudofaa armiyasi (SAHAL) vakili, brigada generali Effi Defringa tayanib xabar bermoqda.

"Qo‘shinlarimiz allaqachon shahar atrofini nazorat qilmoqda. Isroil harbiylari G‘azo aholisining xavfsiz joylarga ko‘chib o‘tishi, gumanitar va tibbiy yordam olishi uchun harakat qilmoqda", — dedi Defrin.

G‘azo shahriga qo‘shinlarni kiritish rejalari tasdiqlanishi arafasida bosh vazir Binyamin Netanyahu terrorchilarning so‘nggi istehkomlarini imkon qadar tezroq yo‘q qilish va HAMASning yakuniy mag‘lubiyatiga erishish uchun operasiya muddatini qisqartirishni buyurdi, deya ma’lum qildi Netanyahu idorasi.

"G‘azoga hujum Falastinning HAMAS guruhi vakillari garovda tirik qolgan 10 kishini ozod qilishni va 60 kunga o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilgan bir paytda boshlandi. Isroil bu taklifni rasman rad etmagan va, chamasi, G‘azoga nisbatan hujum keng qamrovli kelishuvga olib kelishini kutmoqda", deya qayd etdi The Jerusalem Post.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning G‘azo shahrini egallash bo‘yicha operasiyasi 2026 yilgacha davom etishi va unga 130 ming nafar zaxiradagi harbiy jalb etilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 12:45 21.08.2025. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!