Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil armiyasi 20 daqiqa ichida G‘azoga 37 marta zarba berdi

Isroil armiyasi 20 daqiqa ichida G‘azoga 37 marta zarba berdi

Isroil G‘azo shahriga 20 daqiqa ichida vertolyotlar bilan birga 37 marta zarba berdi.

Bu haqda yahudiylarning Ynet portali xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil mudofaa kuchlari uchuvchisiz samolyotlar va vertolyotlardan foydalangan, shuningdek, artilleriyadan o‘q uzgan. Shahar aholisi hujumga uchragan hududlardan ommaviy ravishda evakuasiya qilinmoqda, deb yozadi nashr.

WAFA agentligi shifokorlarga tayanib, Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari natijasida 24 soat ichida 62 kishi halok bo‘ldi, ularning aksariyati shaharning o‘zida. Jarohat olganlar soniga aniqlik kiritilmagan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil mudofaa kuchlarining G‘azo shahridagi operasiyasi davomida bir nechta turar-joy binolari va eng baland minoraga zarar yetkazilgan.

Kiritildi: 10:00 16.09.2025. O'qildi: 925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!