Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil AQSh qurollari bilan Eronga hujum qilmoqda

Isroil AQSh qurollari bilan Eronga hujum qilmoqda

Isroil Qo‘shma Shtatlardan olingani taxmin qilingan qurollar bilan Eronga hujum qilmoqda.

Bu haqda dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Eron TIV rasmiy vakili Esmoil Bag‘iy ma’lum qildi.

Shuningdek, u BMT Xavfsizlik Kengashi tashkilot Nizomiga muvofiq o‘z majburiyatlarini bajarishi va Isroilning harakatlarini qoralashi, Eronga qarshi tajovuzni to‘xtatish choralarini ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

"BMTga a’zo barcha davlatlar, jumladan, Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi ushbu hujum bo‘yicha o‘z pozisiyasini egallashi, uni qoralashi va jiddiy qadamlar qo‘yishi, jumladan, aniq va bir ma’noli rezolyusiyani qabul qilib, ushbu hujumni qoralashi kerak”, dedi diplomat.

Shu bilan birga, Bag‘iy Isroilning tajovuzini oqlaydigan va Eronni bosiqlikka chaqiruvchi bayonotlar ikkiyuzlamachilik va mas’uliyasizlikdan boshqa narsa emasligini ta’kidladi.

Unga ko‘ra, Isroilning Eronga qarshi hujumlari xalqaro huquqning barcha normalarini buzish hisoblanadi.

Bag‘iy Eron Isroil hujumlariga qarshi turishda davom etishini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 13:50 16.06.2025. O'qildi: 677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!