Isroil hujumlari va AQShning yadroviy inshootlarga zarba berishiga qaramay, Eron hamon uran zaxiralarini boyitgan.
Bu haqda The New York Times nashri Isroilning yuqori martabali mulozimiga tayanib yozmoqda.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Fordo va Natanzdagi boyitilgan uran zaxiralari buzilmagan holda qolgan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, AQSh va Isroil o‘zlarining baholashlarida yuqorida tilga olingan yadroviy ob’ektlardagi barcha sentrifugalarni o‘chirib qo‘yishga yoki shikastlashga muvaffaq bo‘lishdi. Bundan tashqari, nashrning ta’kidlashicha, Tehron ularni ish holatiga qaytarishga urinish ehtimoli past.
Gazetaning qayd etishicha, Eron o‘z siyosatini o‘zgartirib, yadroviy dastur bo‘yicha ko‘plab ob’ektlarni bir joyda to‘plash o‘rniga butun mamlakat bo‘ylab kichik korxonalar o‘rtasida yadro dasturini tarqatishni boshlashi mumkin.
Eron yadroviy qurol yaratishga intilmasligini bir necha bor ta’kidlagan. MAGATE bosh direktori Rafael Grossi Polshaning Rzeczpospolita gazetasiga bergan intervyusida agentlik Tehronning yadro quroliga ega bo‘lishga tayyorlanayotgani alomatlarini qayd etmaganini aytdi.