Ispaniyalik jurnalist Mikel Blaskes o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida «Real» hujumchisi Kilian Mbappening «Liverpul»ga (0:2) qarshi Chempionlar Ligasidagi o‘yinini tanqid qildi.
«Biz Mbappeni Leo Messiga qiyoslaganlar borligini unuta olmaymiz. Argentinalik futbolchi 25 yoshida «Barselona»da o‘ynab, 4 marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan. Mbappe hatto Eden Azardan ham yaxshiroq emas va bu juda g‘azablantiradi», — deb yozdi Blaskes X ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» bilan o‘yinning ikkinchi bo‘limi o‘rtalarida — hisob 0:1 bo‘lib turganida Mbappe penaltini golga aylantira olmadi.
Bu mavsumda fransiyalik futbolchi madridliklar safida barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.