Ispaniyada anomal issiq havo oqibatida bir yarim hafta ichida kamida 36 kishi vafot etdi. Bu haqda laSexta telekanali xabar bermoqda.
Tibbiyot xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, Basklar o‘lkasida 15 kishi, Asturiyada 13 kishi, Galisiyada besh nafar va Kantabriyada uch nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.
«Bu juda to‘satdan sodir bo‘ldi, biz nisbatan nam va sovuq ob-havodan bunday issiqqa o‘tib ketdik», — dedi telekanalga Basklar o‘lkasidan bo‘lgan shifokor.
Masalan, Santanderda seshanba kuni havo harorati +37 °C dan oshib ketdi. Bilbaoda esa issiqlik +35 °C ga yetgani sababli, ba’zi maktablarda darslar to‘xtatildi.