Ispaniya terma jamoasi matbuot xizmati terma jamoaning Yevropa chempionatida qatnashadigan tarkibini chiqardi.
Alohida aytish joiz, ro‘yxat hozirda 29 nafar o‘yinchini o‘z ichiga oladi, ammo yakuniy qaydnomaga 26 kishi kiritiladi.
Darvozabonlar: Unai Simon («Atletik»), David Rayya («Arsenal»), Aleks Remiro («Real Sosyedad»).
Himoyachilar: Dani Karvaxal («Real»), Xesus Navas («Sevilya»), Emerik Lyaport («Al Nassr»), Roben Le Norman («Real Sosyedad»), Dani Vivian («Atletik»), Pau Kubarsi («Barselona»), Alexandro Grimaldo («Bayer»), Nacho («Real»), Mark Kukurelya («Chelsi»).
Yarim himoyachilar: Rodri («Manchester Siti»), Martin Subimendi, Mikel Merino (ikkisi – «Real Sosyedad»), Fabian Ruis (PSJ), Aleks Baena («Vilyarreal»), Markos Lyorente («Atletiko»), Pedri («Barselona»), Alesh Garsiya («Jirona»), Fermin Lopes («Barselona»).
Hujumchilar: Lamin Yamal («Barselona»), Niko Uilyams («Atletik»), Dani Olmo («RB Leypsig»), Mikel Oyarsabal («Real Sosyedad»), Pablo Sarabiya («Vulverxempton»), Xoselu («Real»), Alvaro Morata («Atletiko»), Ferran Torres («Barselona»), Ayoze Peres («Betis»).
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Yevropa chempionati Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Turnir 14 iyundan 14 iyulgacha o‘tkaziladi. Guruh bosqichida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rinlarni egallaganlarning to‘rttasi 1/8 finalga chiqadi.