Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Ispaniya fuqarolik gvardiyasi jinoiy guruhlardan biriga qarshi kurash doirasida Barselona portida to‘rt tonna kokainni musodara qildi

Ispaniya fuqarolik gvardiyasi jinoiy guruhlardan biriga qarshi kurash doirasida Barselona portida to‘rt tonna kokainni musodara qildi

Bu haqda Reuters agentligi Ispaniya huquq-tartibot idoralari matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

2023 yilda polisiya Paragvaydan Barselonaga konteynerlarda guruch tashigan kompaniya ustidan tergov boshlagandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari navbatdagi tekshiruv vaqtida giyohvand moddalarni aniqladilar.

Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, bu Barselona portida topilgan kokainning eng yirik partiyasi bo‘lgan. Operasiya davomida guruhning 10 nafar a’zosi qo‘lga olindi.

Kiritildi: 12:39 27.07.2024. O'qildi: 593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!