Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches “Barselona” hujumchisi Lamin Yamalning klub chempionlik paradi vaqtida Falastin bayrog‘i bilan ko‘rinish berganiga munosabat bildirdi.
Sanches o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Isroil tomonining tanqidlariga javoban futbolchini himoya qildi.
"Davlat bayrog‘ini namoyish etishni nafratga undash deb hisoblaydigan kishi yo aqlini yo‘qotgan, yoki o‘z sharmandaligi bilan ko‘r bo‘lib qolgan. Lamin shunchaki millionlab ispanlar kabi Falastinni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu esa u bilan faxrlanishimiz uchun yana bir sababdir", — deb yozdi Ispaniya bosh vaziri.