Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Islom taraqqiyot banki bilan yangi bitim imzolandi

Islom taraqqiyot banki bilan yangi bitim imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Islom taraqqiyot banki vise-prezidenti Zamir Iqbol bilan uchrashdi. Unda yangi moliyaviy vositalarni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, «Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Kichik va o‘rta korxonalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash» (SERVE) loyihasi doirasida O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan 40 million dollarlik qarz bitimi imzolandi.

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan mazkur loyihaning ijrosi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Kiritildi: 14:49 23.04.2024. O'qildi: 1126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!