Islom sivilizasiyasi markazi kutubxona va arxiv fondida saqlanayotgan manbalar soni 566 283 taga yetdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Islom sivilizasiyasi markazi direktori Shoazim Minavarov ma’lum qildi.
Ular: 2037 dona qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar, 28 028 dona zamonaviy nashrlar va 536 218 ta elektron resursdan iborat.
2024 yilning I choragi mobaynida Markaz kutubxona fondiga 1380 dona kitoblar qabul qilindi. Kitoblar qisman xarid qilinmoqda va qisman hadya asosida qabul qilinmoqda.
Markazda 1 nafar akademik, 5 nafar fan doktori (Dsc), 11 nafar falsafa doktori (Phd), 21 nafar magistr faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan respublika va xorijiy nashrlarda 9 ta ilmiy maqola e’lon qilindi.
2024 yil 1 choragida 5 dona (3 ta qo‘lyozma, 2 ta toshbosma) kitoblar qayta ta’mirlanib, muqovalari tiklandi.
Markaz tashkilotchi va hamkor sifatida 10 ta xalqaro tadbir va uchrashuvlarni o‘tkazdi. Xususan, 2 ta onlayn uchrashuv, 2 ta davra suhbati, 6 ta xorijiy delegasiyaning Markazga tashrifi tashkil qilindi.