Assalomu alaykum, Islom millatchilikni qabul qiladimi?
Islom barcha musulmonlarni bir ummat deya e’tibor qiladi. Alloh taolo aytadi: "Albatta, sizning bu ummatingiz yagona ummatdir. Men esa, Rabbingizman. Bas, Mendangina qo‘rqing" ("Muminun" surasi, 52-oyat). Umuman olganda islom millatchilikdan qaytarmaydi. Illo u johilona taassubga olib borsa, bundan istisno bo‘ladi. Johiliy taassub – qavmiga zulm ustida ham yordam berish va musulmonlar safini bo‘lib yuborishdir. Sahobalardan biri Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdan: "Insonning o‘z qavmini (millatini) sevishi taassubdanmi?" deya so‘radi. U zot bunga: "Yo‘q, (taassub emas). Qavmiga zulm ustida bo‘lsa ham yordam berishgina taassubdandir", deya javob qildilar.
Alloh yanada bilguvchiroq.
Mubashshir Ahmad,