Bugun 12 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Ishsizlik qayerda eng yuqori ekani aytildi

Ishsizlik qayerda eng yuqori ekani aytildi

Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning «Press-kofe» loyihasi bo‘lib o‘tmoqda. «Press-kofe» siyosiy debati Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan tashkil etildi.

Mazkur debat chog‘ida O‘zbekistondagi ishsizlik, mehnat migrantlari, hududlar kesimida ish bilan band bo‘lmagan aholi soni qancha ekani va boshqa tizim faoliyatiga oid masalalar ma’lum qilindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda iqtisodiy nofaol aholi 205 ming nafarga kamaygan. Ishsizlik 9 foizdan 8 foizga tushgan.

Mamlakatimizdagi ishsizlar soni 1 million 300 nafarni tashkil etadi. Ulardan 32 ming nafari kasbga o‘rgatish kurslariga jalb etilgan.

50 ming nafar aholiga ishsizlik nafaqasi beriladi. Ayni damda 304 ming 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Eng ishsizlik yuqori bo‘lgan hududlar bu Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridir.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mazkur viloyatlarda ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

 

 

Kiritildi: 06:50 16.11.2019. O'qildi: 2455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!