Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 195,3 trln so‘mlik asosiy kapitalga xorijiy investisiya va kreditlar o‘zlashtirilgan.
📊 Ularning jami asosiy kapitalga xorijiy investisiya va kreditlar hajmidagi ulushi 32 % ga yetgan.
📊 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xorijiy investisiya va kreditlar ulushi:
— qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 8,6 %
— tog‘-kon sanoati – 13,1 %
— ishlab chiqarish sanoati – 32 %
— elektr energiyasi, gaz, bug‘ va kondensiyalangan havo – 18,5 %
— suv bilan ta’minlash, kanalizasiya, chiqindilarni yig‘ish va qayta foydalanish – 2,2 %
— qurilish – 5,7 %
— tashish va saqlash –5,1 %
— axborot va aloqa – 0,7 %
— sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 1,8 %
— boshqa faoliyat turlari – 12,3 %