Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

ISHIDning sobiq jangarilarining 230 dan ortiq oilasi Suriyadagi lagerdan Iroqqa evakuasiya qilindi

ISHIDning sobiq jangarilarining 230 dan ortiq oilasi Suriyadagi lagerdan Iroqqa evakuasiya qilindi

“Islomiy davlat” terrorchilik guruhining sobiq jangarilarining oila a’zolaridan bo‘lgan Iroq fuqarolarining katta guruhi – 850 kishi Suriyadan Yarubiyadagi nazorat-o‘tkazish punkti orqali uylariga olib ketildi.

Bu haqda Suriyaning Xasaka viloyatidagi kurd muxtoriyati ma’muriyati vakili Shafaq News agentligiga ma’lum qildi.

"Avtobuslar kolonnasi Al-Hol maxsus lageridan qattiq qo‘riqlash ostida chiqib ketdi, 232 iroqlik oila, jami 850 kishi lagerni tark etdi, unga zirhli transportyorlarda AQSh qo‘shinlari hamrohlik qilishdi, xalqaro koalisiyaning uchuvchisiz uchoqlari esa osmonda patrullik qildi", — dedi rasmiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu 2025 yil boshidan beri 11-karvondir. Iyul oyida 800 nafar, iyunda 940, may oyida 865 nafar iroqlik vataniga qaytarilgan. 2021 yildan buyon Al-Holdan jami 15 mingdan ortiq odam Iroqqa qaytgan.

ISHID jangarilarining oila a’zolari Naynavo viloyatining ma’muriy markazi Mosul shahridan janubda joylashgan Al-Jada shahridagi ko‘chirilganlar uchun vaqtinchalik markazga reabilitasiya qilish uchun olib ketilmoqda. U yerda oilalar Iroqdagi tinch hayot sharoitlariga moslashadi va reabilitasiya davridan keyin ularga avvalgi yashash joylariga ko‘chib o‘tishga ruxsat beriladi.

Kiritildi: 10:00 01.09.2025. O'qildi: 844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!