Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Ishchilariga maosh to‘lamagan rahbarning mashinasi xatlandi

Ishchilariga maosh to‘lamagan rahbarning mashinasi xatlandi

47 nafar xodimga ish haqi to‘lamagan tashkilot rahbarining xizmat mashinasi xatlandi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan Kitob tumanidagi muassasadan 47 nafar xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjatlari Byuroning Kitob tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yurtishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taraflarga ma’lum qilingan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor ijro hujjati talablarini bajarishi to‘g‘risida ogohlantirilishiga qaramasdan qarzdorlik bartaraf emtilmaganligi tufayli, bo‘lim xodimlari tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishildi.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor tashkilot rahbarining xizmat avtomashinasi xatlab olinib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kelgusida qarzdorlik belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda, undiruv mazkur avtotransport vositasiga qaratiladi.

Hozirda xatlangan mulkni realizasiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 00:22 13.11.2024. O'qildi: 696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!