Rimdagi Kolizey ishchi halok bo‘lgani munosabati bilan bir kunga yopildi. Bu haqda Italiya Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.
Reuters xabariga ko‘ra, 22 yoshli texnik qadimgi amfiteatr ichida yangi yoritish tizimini o‘rnatish vaqtida taxminan 10 metr balandlikdan qulab, halok bo‘lgan.
Kolizey arxeologik parki ma’muriyatining ma’lum qilishicha, baxtsiz hodisa yuz bergan ikkinchi qavatning bir qismi tashrif buyuruvchilar uchun yopib qo‘yiladi.