Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Ish haqi oshirildi. Stipendiya, jarima va kontraktlar ham oshadimi?

Ish haqi oshirildi. Stipendiya, jarima va kontraktlar ham oshadimi?

Huquqshunos, bloger Xushnudbek o‘z telegram-kanalida ish haqi oshirilganidan so‘ng eng ko‘p so‘ralayotgan savollarga ma’lumot berdi.

Jarimalar ham oshadimi?

1 iyundan boshlab bazaviy hisoblash miqdoriga bog‘langan to‘lovlar ham oshadi. Masalan, ma’muriy jarimalar, soliqlar, davlat bojlari va shu kabi boshqa to‘lovlar. Masalan, ilgari 1 “minimalka” jarima 270 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 1 iyundan 300 ming so‘m bo‘ladi.

Stipendiyalar oshdimi?

1 iyundan faqat byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari 12% ga oshyapti. Talabalarning stipendiyalari oshgani yo‘q, bu haqda farmonda hech narsa deyilmagan. Shuningdek, pensiya va nafaqalar ham oshmadi, chunki ular yaqindagina, aniqrog‘i 2022 yil 1 maydan 12 foizga oshgan edi (https://t.me/xushnudbek/14123).

Kontraktlar ham oshadimi?

Qoidaga ko‘ra, talabalarning to‘lov-kontraktlari ham oshishi mumkin, sababi bazaviy kontrakt miqdorlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Lekin bu borada xulosaga biroz shoshmagan ma’qul. Sababi ko‘plab OTMlar o‘z imkonidan kelib chiqib, kontrakt miqdorlarini o‘zi belgilayapti, bundan tashqari ilgari Hukumat tomonidan kontrakt miqdori oshirilishiga taqiq qo‘yilgan paytlari ham bo‘lgandi. Anig‘ini OTMlardan aniqlashtirish kerak.

Kiritildi: 08:46 21.05.2022. O'qildi: 4840 marta. Fikrlar soni: 9 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!