Suriyada hibsga olingan 5046 nafar ISHID a’zosi Iroqqa ekstradisiya qilindi.
Bu haqda Iroq adliya vaziri Xolid Shivani ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 60 ta mamlakat fuqarosi bo‘lgan jangarilar Bag‘dod qamoqxonalarida saqlanadi.
"O‘tkazilishi rejalashtirilganlar Iroqqa yetkazib berildi. Yakuniy bosqich hali ham davom etmoqda; jarayon bugun yoki ertaga yakunlanadi", deb xulosa qildi Shivani.