Bag‘dod o‘z quruqlik va havo kengliklaridan harbiy maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
Bu haqda respublika bosh vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Fadi Al-Shamri ma’lum qilgan.
"Iroq o‘z quruqlik yoki havo bo‘shlig‘idan harbiy maqsadlarda foydalanishga bo‘lgan har qanday urinishlarga qarshiligini ochiq bildirdi, chunki bu mojaroni yanada kengaytiradi va Bag‘dod bu pozisiyani mustahkamlash uchun bir qator harbiy choralar ko‘rdi”, dedi rasmiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq hukumat ma’lum darajada mamlakatni harbiy to‘qnashuvga olib kelmaslikka muvaffaq bo‘lgan.
"Iroq hukumati mintaqada kuchayib borayotgan keskinlikni ushlab turish uchun diplomatik yondashuvga qat’iy sodiqligini tasdiqlaydi va isroillik bosqinchining G‘azo va Livandagi himoyasiz tinch aholiga qarshi uyushtirgan hujumlarini keskin qoralaydi", dedi bosh vazir maslahatchisi.
Avvalroq Axios portali manbalarga tayanib, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Iroq bosh vaziri Muhammad as-Sudaniydan Eronni Isroilga o‘z hududidan hujum uyushtirishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirganini, aks holda yahudiy davlati unga qarshi javob hujumini boshlashi haqida xabar bergan edi.