Iroq tomoni Turkiya, Eron va Suriya bilan bu sohadagi umumiy muammolarni, birinchi navbatda Kurdiston Ishchilar partiyasi atrofidagi vaziyatni hal qilish uchun yaqin oylarda mintaqaviy xavfsizlik konferensiyasini o‘tkazishni istaydi.
Bu haqda Iroq bosh vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Sabxon al-Mulla Jiyod ma’lum qilgan.
"PKK muammosi Turkiya, Eron, Iroq, Suriya va hatto AQSh bilan bog‘liq, chunki Qo‘shma Shtatlar SDF (Suriya demokratik kuchlarining kurd tuzilmalari) bilan ma’lum aloqalarga ega Turkiya, Eron yoki Suriya bilan mavjud muammolarni hal qilish uchun kelgusi oylarda xavfsizlik bo‘yicha mintaqaviy konferensiya o‘tkaziladi" - dedi u.
Jiyod, yaqinda Iroqning PKKni taqiqlangan tashkilot sifatida tan olganini, muammo to‘liq hal bo‘lgunga qadar qurolini tashlab, Turkiya bilan chegaradan kuchlarini olib chiqib ketishi kerakligini eslatdi.