Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Iroq Suriyaga shia jangarilarini yuborgani haqidagi da’volarni rad etdi

Iroq Suriyaga shia jangarilarini yuborgani haqidagi da’volarni rad etdi

Iroq shia jangarilari Hashd ash-Shabi Suriyaga Bashar al-Assad rejimini qo‘llab-quvvatlash uchun kirgani haqidagi da’volarni rad etdi.

Bu haqda Bag‘doddagi matbuot anjumanida Ichki ishlar vazirligi vakili Mikdod Miriy va Iroq chegara qo‘shinlari qo‘mondoni Muhammad Abdulvahob Sukkar shunday bayonot berdi.

Mirining ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Shuningdek, u mintaqadagi so‘nggi voqealar munosabati bilan chegara xavfsizligini ta’minlash uchun Iroq AQSh boshchiligidagi koalisiyadan yordam olmaganini ta’kidladi. “Biz bu borada hech qanday yordamga muhtoj emasmiz. Chegaramizni Hashd ash-Shabi, Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Tezkor harakat kuchlari va armiya bo‘linmalari qo‘riqlaydi. Bizga koalisiya havo yordami kerak emas”, dedi u.

Sukkar, o‘z navbatida, Iroq-Suriya chegarasida xavfsizlik to‘liq ta’minlanganini aytdi.

Kiritildi: 06:49 03.12.2024. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!