Iroq hukumati Telegram faoliyatini cheklash haqida qaror qabul qildi. Mamlakatning Aloqa va media komissiyasi fikricha, messenjer regulyator qonunga zid deb hisoblagan kontentlarga qarshi yetarli chora ko‘rmagan.
Telegram’ga vaziyatni to‘g‘rilash uchun 30 kun muddat berildi.
Avvalroq Iordaniya ham foydalanuvchilar xavfsizligi va raqamli himoyani kuchaytirish zaruratini asos qilib, Telegram’ni taqiqlaganini ma’lum qilgan edi.